Kvaratsxeliya "Rubin"dan "Dinamo Batumi"ga o'tdi

Оқил Абдубарноев
23 mar 2022
Xvicha Kvaratsxeliya "Rubin"dan Batumining "Dinamo"siga ko'chib o'tdi.

Oldinroq tatar klubi futbolchi bilan 20 million evro evaziga xayrlashishga tayyorligini bildirgandi.

Kvaratsxeliya 2019 yilda Rustavidan Qozonning "Rubin" klubiga o'tgandi. Joriy mavsumda Kvaratsxeliya Rossiya Premer-ligasining 19 uchrashuvida ikkita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Yarim himoyachining "Rubin" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgandi. Transfermarkt 21 yoshli futbolchini 16 mln evroga baholagan. "Rubin" 22 o'yinda 25 ochko to'plagan holda Rossiya Premer-ligasining turnir jadvalida 10-o'rinda bormoqda.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.com