Kurtua mavsum yakunlanganidan so'ng "Chelsi"dan ketmoqchi

Aslanov Jasurbek
20 okt 2016, 20:00
The Times nashrining xabar qilishicha, Tibo Kurtua keyingi mavsumni boshqa jamoa safida boshlashi mumkin.


"Chelsi" posboniga Angliyadagi hayot yoqmayapti. Kurtua La-Liga grandlari "Atletiko" yoki "Real"dan taklif kutmoqda. Agar yuqoridagi klublar tomonidan Kurtuaga taklif bo'ladigan bo'lsa u jamoasini o'zgartiradi.

"Aristokratlar" ham ushbu transferning amalga oshishiga qarshi emaslar va belgiyalik darvozabonning o'rniga italiyalik yosh Janluiji Donnarummani xarid qilmoqchilar.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Times