
Biz ushbu mundialdan yaxshigina tajriba to'plash haqida o'ylamoqdamiz. Shuningdek, ushbu musobaqada imkon qadar uzoqroqqa borishni istaymiz. Yurtimizda mundial holibligi haqida gapirishmoqda. Yoki 1986 yilgi natijani qaytarishimizni istashmoqda. O'shanda terma jamoamiz 4-o'rinni qo'lga kiritgan edi.
Biz guruhda birinchi o'rinni egallab, keyin Germaniya yoki Portugaliya bilan duch kelishimiz mumkin. Agarda ularni ham yuta olsak, keyingi bosqichda Argentina va Braziliya kabi jamoalar bilan o'ynashimiz kerak bo'ladi. Bu turnirda juda ko'plab jamoalar etarli tajribaga egalar. Aynan shu narsa bizga yetishmaydi. Bizdagi juda ko'pchilik futbolchilarimiz katta-katta jamoalarda to'p tepishadi. Lekin mundial bu o'zgacha dunyo. Belgiya bu mundialga kamtarlik bilan yondoshishi kerak.