Kun FAKTI!!! Futbol tarixidagi birinchi professional chempionat va ilk gol muallifini bilasizmi?

Omonjon To`xtamirzayev
7 yanv 2016, 17:15
Loyihamizning ettinchi sonini e'tiboringizga taqdim etamiz.

Angliyada futbol bo'yicha chempionatlar tarixidagi birinchi gol muallifini aniqlashdi. Qaxramon - "Bolton Uonderers" futbolchisi va pivo zavodi ishchisi Kenon Devenport. Mezbonlar "Derbi Kaunti" jamoasi bilan to'qnash kelishgan, uchrashuv 1888 yilning 8 sentyabrida "Pikes Lane" stadionida bo'lib o'tgan. 

E'tiborlisi, o'sha tarixiy uchrashuvni 5 mingga yaqin tomoshabin bevosita stadion o'rindiqlaridan tomosha qilgan.  

Devenport o'yinning 2-daqiqasidayoq hisobni ochadi. Mutahassislarning aytishicha, Kenon o'tkir burchakdan zarba beradi va gol uradi. Siz bilan biz xotirjam telefonimiz, yoki kompyuterimizda o'qib, bilib olgan ma'lumotni, 125 yil davomida aniqlay olishmagan! 




Sababi, avvallari futbolkalarida o'yinchilarning ismi va uchrashuv qaydnomasi bo'lmagan. Eslatib o'tamiz, Angliya futbol ligasi - futbol tarixidagi ilk professional klublar chempionati (1888 yil asos solingan).

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia