

- O'yin natijasi adolatli bo'ldi. Jamoamizning hozirgi holati "Paxtakor" bilan tengma-teng o'ynashga imkoniyat bermaydi. O'yin davomida raqibdan to'pni olib qo'ygan vaziyatlar ko'proq tasodif bo'ldi. Biz kerakli darajada o'ynay olmadik.
Keyingi mavsumda jamoada qolamanmi? Hozircha noma'lum. Bu faqat menga bog'liq emas. Klub rahbariyati bilan bu borada hali gap-so'z bo'lgani yo'q.



