Kuman "Barselona"da qolishi mumkin

Alisher
26 may 2021
"Barselona" rahbariyati Ronald Kumanni bosh murabbiylik postida qoldirishi mumkin.

Niderlandiyalik mutaxassisning agenti Rob Yansen klub prezidenti Joan Laporta bilan uchrashdi.

"Fikrlar ijobiy. Ronaldning klubda uzoqroq qolishi yaxshi. Ammo, biz hali bunga qadar yetib bormadik, oldinda muzokaralar bo'ladi", - deydi Yansen.

"Barselona" 2020/21 yilgi mavsum yakuniga ko'ra, 79 ochko jamg'ardi va La Ligada 3-o'rinni egalladi. Kuman "Barselona"ni 2020 yilning avgustida qabul qilib olgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Telegraaf