"Kristal Pelas" "Seltik" hujumchisiga da'vogarlik qilmoqda

17 noya 2019, 23:42
"Seltik" klubi hujumchisi Odsonn Eduar faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin.

The Sun nashri xabariga ko'ra, "Kristal Pelas" klubi fransiyalik hujumchi uchun da'vogarlik qilmoqda. Ingliz klubi hujumchi uchun 20 million funt to'lashga tayyor.

Ma'lumot o'rnida aytish mumkinki, 21 yoshli futbolchi PSJ tarbiyalanuvchisi hisoblanadi va 2017 yildan buyon Shotlandiya klubi sharafini himoya qilib kelmoqda.

O'xshash yangiliklar


Manba: The Sun