

Manbaning xabariga ko'ra, Angliya klubi futbolchi uchun 22 million evro to'laydi. Summa bonuslarni qo'shib hisoblaganda yana 5 million evroga oshishi mumkin.
25 yoshli Andersen o'tgan mavsumda "Fulxem"da 31 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi. U Daniya termasi bilan birgalikda Yevropa chempionati yarim finaliga qadar yetib bordi.



