Krishtianu Ronaldu: Yana 5-6 yil futbol o'ynab, faoliyatimni Realda tugatmoqchiman

Narzulla Saydullayev
14 okt 2015, 09:45
Real hujumchisi Krishtianu Ronaldu 2014/15 yilgi mavsum uchun Oltin butsani qabul qilib olgach o'z rejalari bilan o'rtoqlashdi.

Orzum – faoliyatimni Realda tugatish. Agar sog'ligimga e'tiborli bo'lsam 40 yoshgacha futbol o'ynashim mumkin. 5-6 yil yuqori saviyada o'ynay olaman.

Madridda barchasi ajoyib, bu yerda o'zimni yaxshi his qilaman. Realga g'alaba qozonishi uchun yordam berishda davom etmoqchiman, - deydi Ronaldu.

Eslatib o'tamiz, o'tgan yozda Ronalduga PSJ va Manchester Yunayted klublari jiddiy qiziqishgandi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: marca.com