Krishtianu Ronaldu Kilian Mbappega baho berdi

Alisher
21 fev 2020
"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu PSJ o'yinchisi Kilian Mbappeni nafaqat kelajakning, balki hozirgi kunning ham yulduzi deb atadi.

"Mbappe - bu kelajak va hozir. U fantastik o'yinchi, juda tezkor, kelajak u bilan bog'liq", - deydi Ronaldu.

21 yoshli Mbappe 2018 yilda jahon chempioniga aylandi, "Monako" (2016/17) va PSJ (2017/18, 2018/19) safida Fransiya chempionligini qo'lga kiritdi.

Hujumchi o'tgan mavsumda 39ta gol urdi. Kilian joriy mavsum 24ta golni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi, ulardan 15tasi Liga 1'da kiritildi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/football_fg