Kovach Bundesliga hakamlarini qattiqqo'lroq bo'lishga chaqirdi

Aslanov Jasurbek
17 sen 2018, 15:45
"Bavariya" bosh murabbiyi Niko Kovach "Bayer"ga qarshi uchrashuvdan (3:1) so'ng, Bundesliga hakamlarini o'z qarorlarida qattiqqo'lroq bo'lishga chaqirdi.

Ushbu bahsda Korentin Tolisso va Rafinya jiddiy jarohat olishdi. Oldinroq, Tolisso shikastlanish tufayli bu yil maydonga tusha olmasligi e'lon qilingan edi. Rafinya bir necha hafta davomida jarohatini davolaydi.

"Futbol kontaktli sport turi ekanligini avval ham aytganman. Ammo siz futbolchining salomatligini ham kuzatib borishingiz kerak. Ish oyoq suyagi jarohatiga etsa, siz sariq kartochka yoki yanada jiddiyroq jazolashingiz kerak. Har safar futbolchimizni yo'qotavermaymizku. Men "Bavariya" haqida gapiryapman.

Xafa bo'ldim. Endi qaydnomaga kamroq futbolchini kiritamiz. Bu jahlimni chiqaradi, ammo hozir etiroz bildirmasligimiz kerak" - deydi Kovach.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal