Koutinoning agenti: "Filippe APLga qaytishga qarshi emas"

Mirjalol Normatov
28 iyul 2020, 22:15
"Barselona" yarim himoyachisi Filippe Koutinoning huquqlarini himoya qiluvchi agent Kia Jurabchian mijozining istaklari haqida gapirdi.

"Sir emaski, Filippe Premer-ligaga qaytishni istamoqda. Uni ushbu ligada yaxshi ko'radiganlar juda ko'p. APL - uning bosh maqsadi.

Shu bilan birga u "Barselona"da qolib, asosiy tarkib uchun kurashishga qarshi emas. U bu yo'lda kurashishga ham tayyor turibdi", - dedi agent.

Oldinroq uning xizmatlariga "Arsenal", "Tottenxem" va "Lester" kabi klublar qiziqish bildirayotganligi aytilgandi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Express