Koutino jarohat sabab 4 oy maydonga tusha olmasligi mumkin

Alisher
30 dek 2020
"Barselona" hujumkor yarim himoyachisi Filippe Koutino jarohati sabab lazaretta uzoqroq qolishi mumkin.

28 yoshli braziliyalik futbolchi kecha La Liga doirasidagi "Eybar"ga qarshi o'yinda jiddiy jarohat oldi. Filippe tez orada tibbiy ko'rikdan o'tadi, shundan so'ng jarohatning darajasi ma'lum bo'ladi.

Agar Koutinoning jarohati kutilganidek bo'lsa, u operaciya qilinishi kerak. Tiklanish vaqti esa 4 oylar atrofidagi vaqtni oladi.

Braziliyalik futbolchi joriy mavsum 12ta o'yinda maydonga tushib, 2ta gol va 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS