Kosta "Atletiko"ga qaytmaganida nima qilgan bo'lishini aytdi

Mirjalol Normatov
28 sen 2018, 21:56
"Atletiko" forvardi Diego Kosta sobiq ustozi Antonio Konte haqida fikr bildiradi.

"Uning o'zini tutishi jamoadan ketishimgi sabab bo'lgandi. Barchada ham unday emas. Masalan Simeone "Atletiko"ning barchasi futbolchilari bilan ochiq-oydin gaplashadi. Ular bilan yaxshi ishlaydi va yordam berishga harakat qiladi.

"Chelsi" futbolchilari uni chempion qilishdi. Shundan keyin u menga sms-xabar yozdi va kerak emasligini aytdi. Qarang, u hozir qayerda?

Har doim "Atletiko"ga qaytish istagim borligini aytganman. Agarda meni bu jamoaga qo'yib yuborishmaganida faoliyatimni yakunlardim va Braziliyada dam olardim. Bu pul topishdan muhimroq", - dedi Kosta.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports