Korona JCH-2022'ni o'tkazib yuboradi

Eldor Akmurzayev
19 avg 2022
“Sevilya” yarim himoyachisi Xesus Korona og'ir jarohat oldi.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, mashg'ulot paytida 29 yoshli futbolchining kichik boldir suyagi singan va chap oyoq to'pig'i bo'g'imining deltasimon paylari shikastlangan. Korona jarrohlik stoliga yotadi va 4-5 oyga yaqin muddatni o'tkazib yuboradi.

Shu tariqa, u JCH-2022'da Meksika TJga yordam berolmaydi. Ularga guruh bosqichida Polsha, Argentina va S.Arabistoni raqiblik qiladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: soccer.ru