Koreya Respublikasi – Qirg'iz Respublikasi uchrashuvini o'zbekistonlik hakam boshqaradi

Omonjon To`xtamirzayev
22 apr 2024, 13:10
Nikita Afinogenov Osiyo kubogining 3-turiga tayinlov oldi.

Xabaringiz bor, Tailand poytaxti Bangkok shahrida futzal bo'yicha Osiyo kubogi dastlabki 2 turida 2 nafar hakamimiz bir nechta uchrashuvni boshqargandi.

Endilikda musobaqa 3-turi rasmiylari e'lon qilindi. Unga ko'ra, Nikita Afinogenov "C" guruhidan o'rin olgan Koreya Respublikasi – Qirg'iz Respublikasi uchrashuviga tayinlov olgan.

Vakilimizga ushbu uchrashuvda omad tilaymiz!

 

O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: UzFHM