O'zbekistonlik hakam bugun 2 uchrashuvda ish olib boradi
Sherzod Nurmatov
13 yanv 2025, 11:23
Futzal bo'yicha FIFA hakami Nikita Afinogenov futzal bo'yicha ayollar o'rtasidagi Osiyo kubogi saralash o'yinlariga tayinlov olgani haqida xabar bergandik.
Hamyurtimiz bugun 14:30 dagi Iroq – Bahrayn bellashuvida zaxira hakami sifatida qayd etilgan. Shuningdek, 17:30 da boshlanadigan Falastin – Tailand bahsida taymkiper bo'lib ishlaydi.