Konte: "Real"ni YCHL favoriti deb hisoblashmayotgani juda kulgili"

Mirjalol Normatov
20 okt 2020, 22:56
"Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte YCHLning ushbu mavsumida "Real" asosiy favorit deb hisoblanmayotgani haqida gapirdi.

"Nimaga bunday deyishayotganini tushunmadim. Biz YCHLni eng ko'p marta yutgan, tarkibida chempionlar o'ynayotgan jamoa haqida gapiryapmiz.

Ularni favorit deb hisoblashmayotgani g'alati. Biz "Real"ni favoritlar ro'yxatidan chiqarib yubordikmi, demak, odamlar reallikdan uzoqlashib ketmoqda.

Albatta, "Inter" ancha tajribali va kuchli jamoaga aylandi. Bu nuqtayi nazardan olib qaraganda biz barchasiga tayyormiz", - dedi Konte.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal