

- "Tottenxem" ajoyib jamoa. Agarda ular tarkiblaridagi barcha futbolchilarni saqlab qolishsa, unda ular xavfli jamoaga aylanishadi. Men uchun Keyn jahondagi eng yaxshi hujumchilardan biri.
Agarda menga faqatgina birgina hujumchini olish kerak bo'lsa, unda ikkilanmay Keynni xarid qilgan bo'lardim.
Xarri Keyn haqiqiy, toza hujumchi. U jismonan baquvvat, to'p bilan ham, to'psiz ham qanday harakat qilishni juda yaxshi biladi. Har bir to'p uchun kurashda faol o'ynaydi. O'ng qanotda ham, chap qanotda foydali futbolchi. Keyn dunyoning eng yaxshi hujumchilari qatorida turadi.
Xarri Keynning narxi 100 million funtdan kam emas. Bu uning minimum transfer narxi.




