Konte: "Kurtua Buffonning faoliyatini takrorlaydi degan umiddaman"

Aslanov Jasurbek
31 dek 2016, 16:10
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte Tibo Kurtua hamda Janluijji Buffon o'rtasida o'xshashlik borligini aytdi.

"Ularning tarixi o'xshash. Tibo Jijining faoliyatini takrorlashiga umid qilaman, chunki Buffon barcha darvlarning eng yaxshi darvozabonlaridan biri. U "Yuventus"da mening jamoadoshim bo'lgan, keyin esa men uning murabbiyiga aylandim. Buffon futbol afsonasi, Tibo ham shunday bo'ladi degan umiddaman.

Tibo - "Chelsi" futbolchisi va uning qolishini istayman. U biz bilan juda baxtli va jamoada uzoq vaqt qolishiga hech narsa halaqit qilmaydi. Buni klub rahbariyati hal qilishi kerak, ammo Tibo "Chelsi"da uzoq vaqt qolishga va afsonaga aylanishga munosib" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com