

"Oson bo'lmaydi. Bu yaxshi futbolchilarga ega jismonan kuchli jamoa. "Stemford Brij"da uchrashganimizda ular yaxshi o'ynashgan. O'sha bahsda 4:2 hisobida g'alabaga erishganmiz, biroq ikkala jamoa ajoyib o'yin namoyish etgan. Ular ertangi bahsga yaxshi tayyorlanishmoqchi. Bizni qiyin test kutib turibdi.
To'g'risini aytsam, Angliyada raqibga qarshi keraklicha tayyorlanish qiyin, chunki senda u haqida etarlicha ma'lumot bo'lmaydi. Italiyada hammasi boshqacha, chunki sen raqibing haqida hamma narsani bilasan. Bu yerda raqib qaysi sxemada o'ynashini, jarohatlanganlar borligini bilish qiyin. Agar hujumkor futbol ko'rsatish yoki pressing uyushtirish niyatida bo'lsang, raqib qaysi sxemada o'ynashini bilish muhim" - deydi Konte.



