Konte: "Agar 2 futbolchi tayanch zonasida to'pni olib qo'yish uchun kurashmasa, "Chelsi"ni juda yomon mavsum kutyapti"

Aslanov Jasurbek
31 iyul 2016, 16:41
"Chelsi" bosh murabbiyi Antonio Konte "Real"ga qarshi bahs (2:3) haqida fikr bildirdi.

"Bor-yo'g'i ikki kun dam olib jahonning eng kuchli klublaridan biriga qarshi o'ynash oson emas. Jamoa charchaganini bilardim. Bundan tashqari, bugungi bahs biz uchun muhim edi. Bu uchrashuvda jamoa to'p bilan va to'psiz harakat qilishi qanchalik muhim ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Agar to'psiz o'yinni yo'lga qo'ya olmasak, biz avvalgi mavsumni takrorlashimiz mumkin. Bugun himoyada o'zaro tushunib o'ynash bo'lmadi. Bunga e'tibor qaratish kerak, chunki avvalgi bahsda bunaqasi sodir bo'lmagan edi. O'sha paytda to'p bilan o'yinni kuchaytirishimiz kerak deb o'ylagan edim. Ammo bugun to'p bilan harakatlar yaxshi bo'ldi, ammo u siz juda yomon o'ynadik.

Doimo bir jamoa bo'lib o'ynash kerak. To'psiz o'ynash jismonan qiyin, lekin biz safni saqlab qolib, g'alaba qozonishga harakat qilamiz. Agar ikki-uch futbolchi to'pni olib qo'yishda ishtirok etishni istamasa, biz omadsizliklarga uchraymiz.

Vazifam - jamoa qurish. Futbolchi hamda murabbiy sifatida shuni aytishim mumkinki, agar maydonda va uning tashqarisida bir jamoa bo'la olmasak muvaffaqiyatga erisha olmaymiz. Buni tushunish va futbolchilarga etkazish juda muhim. Bir oila bo'lishimiz kerak. Aynan shu narsa o'tgan mavsumning ta’sirin yo'qotishi mumkin. Agar buni tushuna olmasak, mag'lubiyatga uchrayveramiz" - deydi Konte.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com