KONKAKAF JCH huquqlarining bir qismini sotish haqida: "Reja hech qanday muhokamalarsiz ishlab chiqilgan"

Aslanov Jasurbek
29 iyul 2026, 13:51
Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib dengizi havzasi mamlakatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) FIFA prezidenti Janni Infantinoning jahon chempionati huquqlarining bir qismini tashqi investorlarga sotish rejalarini tanqid qildi.

“KONKAKAF bu haqda faqat ommaviy axborot vositalari xabarlaridan, shundan so'ng esa press-relizdan xabar topdi. Biz tegishli huquqiy tartib-qoidalar yo'qligidan chuqur xavotirdamiz.

Biz mintaqamizdagi va butun dunyodagi ko'plab insonlarning xafsalasi pir bo'lganini bo'lishamiz, chunki bunday batafsil reja tegishli boshqaruv organlari va manfaatdor tomonlar bilan hech qanday muhokamalar o'tkazilmasdan turib ishlab chiqilgan va e'lon qilingan.

Futbol yetakchilari sifatida biz o'yinning saqlovchilari hisoblanamiz. FIFA, konfederatsiyalar va barcha a'zo assotsiatsiyalar har doim sport manfaatlari yo'lida harakat qilishni taminlash uchun mas'uldirlar.

Biz qabul qilayotgan har bir qaror tegishli boshqaruv, ishonchli tartib-qoidalar va uzoq muddatli nazoratga asoslanishi kerak. Bu KONKAKAF faoliyat yuritadigan asos hisoblanadi. FIFA oilasining barcha a'zolari ham shunday yo'l tutishiga ishonamiz”, – deyiladi KONKAKAF bayonotida.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: The Guardian