Koman butun faoliyatini "Bavariya"da o'tkazishga qarshi emas

Aslanov Jasurbek
21 mar 2016, 18:45
"Bavariya" hujumchisi Kingsli Koman Myunxen klubida uzoq vaqt qolmoqchi.

Futbolchining transfer huquqi "Yuventus"ga tegishli va u "Bavariya" sharafini ijara asosida himoya qilmoqda.

"Faoliyatini muvaffaqiyatli o'tkazgan futbolchilar jamoasini juda kam almashtiradi. Men jahonning eng yaxshi uch klubidan biri bo'lgan jamoada o'ynayapman. Butun faoliyatimni shu yerda o'tkazishga qarshi emasman" - deydi Koman.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Télèfoot