Kolo Ture "Uigan"ni boshqarishi mumkin

Sherzod Nurmatov
19 noya 2022
"Liverpul" va "Manchester Siti" sobiq himoyachisi Kolo Ture "Uigan"da ish boshlashi mumkin.

"Uigan"dagilar bu lavozimni uning ukasi Yaya Turega taklif qilishdi, ammo Ivuarlik futbolchi "Tottenxem" akademiyasida qolishga qaror qildi. Endi "Uigan" Kolo Tureni klub bosh murabbiyligiga tayinlanish masalasini muhokama qilmoqda. "Lester" murabbiylar shtabida ishlayotgan Kolo taklifni qabul qilishga tayyor.

"Uigan" hozirda Chempionshipda 22-o'rinda bormoqda.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Daily Mail