

Futbolchi va Madrid jamoasi o'rtasidagi amaldagi bitim 2019 yilgacha belgilangan.
"Hozirgi shartnomam 2019 yilgacha amalda. Shoshayotganim yo'q. Klub yangi bitimni muhokama qilmoqchi bo'lsa, bunga tayyorman" - deydi Koke.
Koke "Atletiko" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum LaLiganing 10 ta uchrashuvida 1 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



