"Ko'k-anorranglilar"ning yangi o'yinchisi bugun Barselonaga keladi

Alisher
24 sen 2020, 10:14
"Ayaks" o'ng qanot himoyachisi Serjino Dest "Barselona"ga o'tishga yaqin.

19 yoshli amerikalik ftbolchi bugun tibbiy ko'rikdan o'tish va bitimni yakunlash uchun Kataloniya poytaxtiga yetib keladi.

Jurnalist Nikolo Skiraning ma'lumotlariga ko'ra, "Barselona" Dest bilan 5 yilliy shartnoma borasida kelishuvga erishgan.

Oldinroq ma'lum bo'lganidek, "Barsa" himoyachi uchun 20+5 million evro miqdorida mablag' to'laydi.

Shunday ekan, Dest yaqindagina "Vulverxempton"ga sotib yuborilgan Nelson Semeduning o'rnini egallaydi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Catalunya Radio