Kojo Joel: "E'tiborliroq bo'lishimiz kerak edi"

Абдулвосит Бектемиров
11 sen 2024
Qirg'iz Respublikasi terma jamoasi hujumchisi Kojo Joel Qirg'iz Respublikasi - O'zbekiston (2:3) uchrashuvidan so'ng o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bugun juda qiziqarli va qiyin uchrashuv o'tkazdik. Raqibimiz bugun o'zining eng yaxshi o'yinini namoyish etdi. Biz ham bugun yaxshi o'yin namoyish etdik, ammo ochkolarsiz qoldik. O'zbekiston terma jamoasini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Biz o'yin davomida ikki marotaba hisobda oldinga chiqib oldik, ammo raqib tezda javob gollarini urdi. E'tiborliroq bo'lishimiz kerak edi. Ikkinchi bo'limda etarlicha e'tiborli bo'la olmaganimiz sabab mag'lub bo'ldik deb o'ylayman. Ushbu muammoga echim topsak, natijalarimiz yaxshilanishiga ishonaman" - deya fikr bildirdi Joel Kojo





Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia