Kojo Joel – Dinamo futbolchisi

Omonjon To`xtamirzayev
27 fev 2023, 15:55
Samarqandning Dinamo jamoasi PRO-Liga yangi mavsumi oldidan o'z safiga yangi o'yinchilarni qo'shib olishda davom etmoqda.

Toshkentdagi yig'in davomida Dinamo safida faol harakat qilib, murabbiylar ishonchini qozongan ganalik hujumchi Kojo Joel Samarqand klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.

24 yoshli hujumchi so'nggi 5 yil davomida Qirg'iziston chempionatida to'p surib, O'shning Oloy klubi bilan Qirg'iziston Superkubogi (2018) va Qirg'iziston kubogi (2020) sohibi bo'lgan. 2021 va 2022 yillarda esa Bishkekning Dordoy klubi safida Qirg'iziston chempioni va kubogi sohibiga aylangan. Joel 2018 yil 26ta gol bilan Qirg'izistonda eng yaxshi to'purar nomini qo'lga kiritgan bo'lsa, so'nggi 2022 yilgi mavsumda Dordoy safida 26 o'yinda 11ta golga mualliflik qilib, jamoasining mavsumdagi eng yaxshi to'purari bo'lgan.


Ma'lumotnoma:
Kojo Joel
Tug'ilgan sanasi: 1998 yil, 21 avgust
Tug'ilgan joyi: Gana
Ampluasi: hujumchi.


O'xshash yangiliklar


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: championat.asia