Klublar o'rtasidagi Osiyo chempionati oldidan matbuot anjumani bo'lib o'tdi

Tolibjon Qosimov
6 avg 2019, 12:32
Ertaga, 7 avgust kuni Tailand poytaxti Bangkokda futzal bo'yicha klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatiga start beriladi.

Mamlakatimizning amaldagi chempioni AGMK musobaqaning "B" guruhida "Tai Son Nam" (Vetnam), "Naft Al Vasat" (Iroq) va "Ar Rayan" (Qatar) klublari bilan kurash olib boradi.

Bugun musobaqa oldidan bosh murabbiylar ishtirokida matbuot anjumani bo'lib o'tdi. Quyida olmaliqliklar ustozi Aleksandr Petrovning fikrlarini keltirib o'tamiz.

- Jamoamiz mazkur musobaqaga jiddiy tayyorgarlik ko'rdi. Osiyo chempionatida kuchsiz raqiblar bo'lmaydi. Guruhimiz ancha jiddiy. Ertangi uchrashuvga faqat g'alabani ko'zlab maydonga tushamiz, jamoamizning ishtiyoqi juda yuqori, o'yinga bo'lgan yondoshuv ham o'zgacha darajada. "Tai Son Nam" jamoasiga qarshi jiddiy kurash kechadi. Maqsadimiz musobaqani g'alaba bilan boshlab, o'zbekistonlik muxlislarni xursand etish.


Ertangi uchrashuvda AGMK sariq libosda to'p tepadi.

O'xshash yangiliklar


Tolibjon QosimovMuallif
Manba: АГМК матбуот анжумани