Klublar miqyosida xalqaro turnirlarda eng ko'p “quruq” o'yin o'tkazgan darvozabonlar ma'lum bo'ldi

Оқил Абдубарноев
28 mar 2024, 22:23
Klublar o'rtasidagi xalqaro turnirlarda eng ko'p gol o'tkamasdan o'yinni yakunlagan darvozabonlar aniqlandi.

Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasiga (IFFHS) ma'lumotlariga ko'ra, ro'yxatni ispaniyalik Pepe Reyna boshqarib turibdi.

O'z mamlakatida “Vilyarreal” darvozasini qo'riqlayotgan 42 yoshli darvozabon evrokuboklar va klublar o'rtasidagi jahon chempionatlarida jami 79 ta “quruq” o'yin o'tkazgan.

1. Pepe Reyna (Ispaniya) - 79

2. Rojerio Seni (Braziliya) – 73

3. Dida (Braziliya) – 72

4. Edvin van der Sar (Niderlandiya) – 71

5. Janluiji Buffon (Italiya) – 69

6. Iker Kasilyas (Ispaniya) – 65

7. Moez Ben Cherifiya (Tunis) – 60

8-9. Petr Chex (Chexiya) - 59

8-9. Manuel Noer (Germaniya) – 59

10. Viktor Valdes (Ispaniya) – 55

11. Franko Armani (Argentina) - 54

12-14. Rey Klemens (Angliya) - 53

12-14. Veverton (Braziliya) – 53

12-14. Fabio (Braziliya) - 53

15. Santyago Kanizares (Ispaniya) – 51

16-17. Ever Almeyda (Paragvay) – 50

16-17. Mariano Anduxar (Argentina) – 50.

O'xshash yangiliklar


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: IFFHS