39 yoshli Reyna "Vilyarreal"ga qaytdi

Alisher
8 iyul 2022, 15:40
Darvozabon Pepe Reyna "Vilyarreal" bilan shartnoma imzoladi.

Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.

39 yoshli ispan bilan kelishuv 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Futbolchi jamoada 2002-2005 yillarda o'ynagan.

Reyna "Lacio"da 2020 yilning beri o'ynaydi, u rimliklar tarkibida 54ta o'yin o'tkazgan. Darvozabon o'tgan mavsum 17ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 33ta to'p olib chiqdi va 3 bor "quruq" o'yin o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: villarrealcf.es