Reyna "Lacio"ga o'tishi mumkin

24 avg 2020, 02:33
"Milan" darvozaboni Pepe Reyna faoliyatini Rimda davom ettirishi kutilmoqda, deb yozadi Sky Sport Italia.

37 yoshli golkiper uchun "Lacio" da'vogarlik qilyapti. Ispaniyalik posbon rimliklar safiga erkin agent sifati qo'shilishi mumkin. Buning uchun "rossonerilar" bilan amaldagi shartnomasini bekor qilishi kerak.

Reyna "Lacio" bilan 2022 yilga qadar mo'ljallangan bitim imzolashni rejalashtirmoqda. "Burgutlar" safida uning maoshi 1,6 mln evro bo'ladi. Darvozabon o'tgan mavsumni ijara asosida "Aston Villa" tarkibida o'tkazdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: Sky Sport Italia