Klopp: "Sardorni men tanlamadim"

Mirjalol Normatov
27 okt 2018
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Crvena Zvezda"ga qarshi o'yinda Virjil van Deyk sardor bo'lib maydonga tushgani borasida gapirdi.

"Bu mening qarorim emas. Jordan va Jeyms shuni istadi. Ammo aynan ular jamoaning asosiy sardorlari bo'lishadi. Keyingi o'rinlarda esa Virjil va Viynaldum bor. Biz barcha jamoa birlashgan holda bir qarorga kelamiz", - dedi Klopp.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Sky Sports