Klopp: "O'tgan mavsum boshida Saloh 3ta gol urgan edi, bunisida 2tami? Katta inqirozku"

Aslanov Jasurbek
21 sen 2018, 21:47
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp jamoa yarim himoyachisi Muhammad Salohning jismoniy holatiga baho berdi va misrlikka nisbatan bo'layotgan tanqidlarga izoh berdi.

"Himoyaviy harakatlar bo'yicha Salohning so'nggi ikki uchrashuvdagi o'yini taqsinga sazovor. U bunday vaziyatlarda jamoa uchun o'ynashga tayyor, biroq avvalgidek hujumda juda xavfli. Vaziyatlarni gollarga aylantirish hech qachon kafolatlanmagan.

Albatta, hamma Salohdan o'tgan mavsumda ko'rsatganini kutadi. Biz esa yo'q. U o'tgan mavsum birinchi oltita o'yinda qancha gol urgan edi? Uchta. Bu mavsumda esa ikkitami? Katta inqirozku. Avvalgi mavsumda unga vaqt kerak edi, bunisida ham shunday bo'ladi" - deydi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Liverpool Echo