Klopp Minaminoning debyuti haqida: “Superstart”

“Liverpul” bosh murabbiyi jamoasi yarim himoyachisi Takumi Minaminoning APL 24-turida “Vulverxempton”ga (2:1) qarshi uchrashuvidagi debyut o'yini haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

Yaponiyalik futbolchi Premer liga uchrashuvida jarohatlangan Sado Manening o'rnida maydonga tushdi.

-Minamino yakshanba kuni Angliya kubogi doirasida “Shrusberi”ga qarshi maydonga tushadimi?

-Bu haqda hali o'ylab ko'rish kerak bo'ladi. Kechagi bahsda u biz kutgandanda yaxshi o'ynadi. Kechagi kun u uchun katta qadam tashlash bo'ldi. U yorqin o'yin ko'rsatib, o'zining yaxshi tomonlarini ko'rsata oldi. 

U haqiqiy jangchilardek kurashdi, himoyalandi, ko'plab vaziyatlarda ishtirok etdi. Ochig'ini aytganda, u superstart oldi. 

Ha u kecha to'p tepgan poziciyada o'ynay olishi mumkin. Oldin aytganimdek, u universal futbolchi. Shu bois turli xil poziciyalarda maydonga harakatlana oladi. Kecha u o'zidan nima talab qilingan bo'lsa, shuni bajara oldi”, deydi Yurgen Klopp


Manba: "Ливерпуль" сайти