Klopp: “Mag'lub bo'lmayotganimiz yaxshi, biroq maqsad bu emas”

3 yanv 2020, 08:31
“Liverpul” ustozi APL doirasida 21-turdan o'rin olgan “Sheffild”ga qarshi (2:0) bahsdan so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“Bir yildan beri mag'lub bo'lmayotganimiz ajoyib, ammo maqsad bu emas. Biz o'yinni yutishni istagan edik. O'yinni nazorat qildik. Raqibda 2 yoki 3 marta imkoniyat bo'ldi, xolos. Yigitlar meyorni ushlay oldi. Hech narsa tugagani yo'q. Keyingi o'yinga yana tayyor bo'lishimiz kerak”, - deydi Klopp.

Ma'lumot uchun, “Liverpul” 21-turdan so'ng bitta kam o'yin o'tkazgan holda 58 ochko bilan musobaqa jadvalida yakka peshqadam bo'lib turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: BBC Sport