Klopp "Liverpul"da van Deykni kim almashtirishi mumkinligi aytdi

Alisher
31 okt 2020, 15:22
"Liverpul" bosh murabbiy Yurgen Klopp klubning mudofaadagi muammolari haqida gapirdi.

Eslatib o'tamiz, mersisaydliklar asosiy himoyachi Virjil van Deykni uzoq muddatga yo'qotishdi.

"Mudofaada Veynaldum yoki Xenderson o'ynay oladi. Robertson ham ushbu poziciyani yopishi mumkin. Ular oldin ushbu joyda o'ynagan Maskeranodan qolishmaydi. Menda muammoni echish uchun bir necha variantlar bor va men ulardan birini ishlataman", - deydi Klopp.

"Liverpul" Angliya chempionatida 6 turdan so'ng 13 ochko jamg'argan holda, jadvalning ikkinchi o'rnida bormoqda.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Goal