Klopp: "Elliotning jarohati barchani shokka soldi"

Mirjalol Normatov
13 sen 2021, 00:44
"Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp APLning 4-turi doirasida "Lids"ga qarshi o'yindan keyingi fikrlarini bildirdi.

"Biz rostdan ham yaxshi o'yin ko'rsatdik, haqiqiy top-futbol. Bunday o'yin bilan yanada yaxshirog'iga erishishimiz mumkin edi. Biroq 3:0 ham yaxshi yakun. Biz har bir o'yinda 5, 6, 7talab gollar urishni istaymiz.

Elliot to'pig'idan jarohat oldi. Nima bo'lganini eshitdim, shifokorlarimiz holatni yaxshi tomonga o'zgartira olgan. Shu boisdan u kasalxonada yaxshi holatda. Usiz ham o'ynashda davom etamiz. Ammo uning qaytishini kutishga majburmiz. U rostdan ham top-futbolchi.

Uning oyog'i notabiiy holatda bo'lganini ko'rdim. Shu boisdan barcha hozirda shok holatida bo'lsa kerak", - dedi Klopp.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal