

"Bu ajoyib o'yin bo'ladi. Qiyin qur'a, ammo bu muammo emas. Ushbu o'yinlarni intiqlik bilan kutyapman. "Real" bilan ikki yil oldin YCHL finalida o'ynaganmiz. O'sha tun biz uchun og'ir o'tgandi. Shu boisdan ular bilan yana bir bor to'qnash kelish, ajoyib holat bo'ladi. Agarda o'yin Budapeshtda o'tsa ham, bundan fojea yasalmayi. Umid qilamanki, uy o'yinimizni "Enfild"da o'tkazamiz", - dedi Klopp.
"Liverpul" "Real" bilan dastlab safarda 6 aprel kuni bahs olib borsa, 14 aprel kuni o'z maydonida bahslashadi.



