Keyrush Eron FF bilan muzokara o'tkazmoqda

Xayrulla Xoliqov
30 avg 2018, 14:52
Portugaliyalik murabbiy Karlush Keyrush kecha Tehronga tashrif buyurdi.

Tashrifdan ko'zlangan maqsad, Eron futbol federatsiyasi rahbariyati bilan shartnoma uzaytirish borasida muzokara olib borish. Ma'lumki, Keyrushning Eron bilan shartnomasi iyul oyi oxirida tugagan va shundan beri murabbiy keyingi ish joyi borasida bir to'xtamga kelgani yo'q.

Agar muzokaralar ijobiy yakun topsa Karlush Keyrush Eron termasini boshqarishda davom etadi. Ma'lumki, 65 yoshli mutaxassis 2011 yilning aprel oyidan beri Eronda ishlab kelyapti.

O'xshash yangiliklar


Xayrulla Xoliqov Muallif
Manba: persianfootball.com