

"Guruh bosqichida o'z imkoniyatlarimdan foydalana olmaganimdan afsusdaman. Ammo o'zimga bo'lgan ishonchni saqlab qolganman. Agar dushanba kuni maydonga tushsam, qo'limdan kelgan barcha ishni bajaraman. Har bir o'yinda 2 tadan gol urib, g'alaba qozonishni istayman. Islandiyaga qarshi bahsda shunday bo'lishiga umid qilaman.
Penalti tepishga tayyorman, chunki bu element ustida butun mavsum ishladim. "Tottenxem"da penalti tepdim,shu sababli 11 metrli jarima to'piga meni tayinlashsa, tayyorman. Islandiyaga qarshi bahs penaltilarsiz yakunlanishiga umid qilaman" - deydi Keyn.



