Kerrik: “Shaxter”ni mag'lubiyatga uchratish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz”

2 okt 2013, 11:48
“Manchester Yunayted” klubi yarim himoyachisi Maykl Kerrik, “Shaxter”ga qarshi o'ynash uchun qanday his-hayajon bilan Doneckka kelganligi haqida gapirib o'tdi.

- Jamoa bundan oldin qanday natijalarni qo'lga kiritgani men uchun muhim emas. Chempionlar ligasi - bu o'zgacha musobaqa. Biz raqibni mag'lubiyatga uchratish uchun qo'limizdan kelgan barcha ishni qilamiz!


Manba: soccer.ru