

"Kelajagim - yaqin ikki-uch kun. Keyingi faoliyatga esa tayyor emasman. Bor e'tiborni jamlash lozim. Futbolda seni nima kutayotganini bilmaysan.
Bor e'tiborim yakshanba kungi o'yinga qaratilgan ("Chelsi"ga qarshi). Imkonim darajasida barchasini nazorat ostida ushlayapman. Qolgan narsalar haqida havotir olmasa ham bo'ladi. Men g'alaba qozonishim kerak va buni uddalamoqchiman.
Bosh murabbiy vazifasini bajaruvchi borasida ko'p savol berib o'tirmadim. Barchasi tezda sodir bo'ldi.
Bizga "Vilyareal"ga qarshi o'yinda ko'rsatilganidek birlashuv kerak", - dedi Kerrik.



