Ker mushak jarohatini oldi

Alisher
20 sen 2021, 11:35
"Milan" himoyachisi Simon Ker A Seriya doirasidagi "Yuventus" (1:1)ga qarshi o'yinning ilk taymida mushak jarohatini oldi.

32 yoshli Daniya terma jamoasi o'yinchisini 36-daqiqada Per Kalulu almashtirdi.

Qayd etish kerakki, turinliklarga qarshi o'yinni jarohati sabab "Milan"ning olti o'yinchisi o'tkazib yubordi: forvardlar Zlatan Ibragimovich, Olive Jiru, himoyachi Davide Kalabriya, xavbeklar Temue Bakayoko, Rade Krunich va Junior Messias.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Football Italia