Kellini va Immobile jarohati sabab Italiya terma jamoasida o'ynamaydi

Aslanov Jasurbek
10 noya 2021, 19:49
Himoyachi Jorjo Kellini va hujumchi Chiro Immobile noyabr oyida bo'lib o'tadigan JCH-2022 saralashida Italiya terma jamoasiga yordam berolmaydi.

37 yoshli Kellinining mushaklarida jarohati bor, 31 yoshli Immobilening esa boldiri shikastlangan.

"Lacio" hujumchisi o'rniga "Sassuolo" ning 22 yoshli hujumchisi Janluka Skamakka terma jamoaga jalb etildi.

Eslatib o'tamiz, Italiya 12 noyabr kuni Shveytsariyani qabul qilsa, 15 noyabrda Shimoliy Irlandiyaga qarshi bahs olib boradi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Tuttosport