Kellini: “Mbappe Neymardan ko'ra yaxshiroq”

“Yuventus” himoyachisi Jorjio Kellini Kilian Mbappe haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

“Ronaldu va Messidan so'ng kim asosiy yulduz bo'ladi? Bu - Kilian Mbappe. U chindan ham noyob o'yinchi. Uni ilk bor televizor orqali “Manchester Siti”-“Monako” uchrashuvida ko'rgandim. O'shanda u meni hayratda qoldirgandi. Unda hamma narsa bor: tezlik, texnika va gol sezish qobiliyati. Mbappeni Neymardan ham yaxshiroq deb o'ylayman. Kelajak uniki”, - deydi Jorjio Kellini.


Manba: Football Italia