Kellini YCHL finalidagi 1:4 haqida: "Real"ga qarshi kuchimiz etmagan, charchab qolgandik"

Omonjon To`xtamirzayev
25 may 2020
"Yuventus" himoyachisi Jorjo Kellini 2016/17-yilgi mavsum YCHL finalida "Real Madrid"dan uchralgan mag'lubiyat (1:4) haqida esladi.

"Real"ga qarshi Kardiffda o'tgan o'sha mashhur final haqida ko'p gapirishdi. Aslida noodatiy hech nima bo'lmagandi. Biz shunchaki charchab qolgandik.

Nega hisobni tenglashtirganimizda kurashdan to'xtab qoldik? Nima uchun? Biz 0:3 hisobida yutqazmayotgandik va shunday bo'lganda ham bu kabi reakciya bildirish noo'rin bo'lardi.

Shunchaki, birinchi taymdan keyin sillamiz qurigandi. Manjukich yiqilib qoldi, Pyanich zo'rg'a omon qoldi. Biz nafas ololmay qiynalardik. O'yinga qaytishga harakat qildik. Hisob 1:1 edi, lekin barchasi juda yomon yakunlandi.

Tanaffusda hech qanday olamshumul voqea yuz bermagandi va hech kim urushmagandi ham. O'sha kuni kuchimiz yetmadi, shu sabab mag'lub bo'ldik. Finallar doim biz uchun juda kech boshlanadi", – yozadi Kellini o'z avtobiografiyasida.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: sports.ru