Kechagi kun qahramonlari FOTO

Narzulla Saydullayev
28 sen 2015, 12:02
Yakshanba oqshomida bir qator chempionatlarda navbatdagi o'yinlar bo'lib o'tdi.


"Uotford" - "Kristal Pelas" 0:1
Qahramon:
PSJdan "Kristal Pelas"ga o'tgan Yoan Kabay o'yindagi yagona golni penaltidan mezbonlar darvozasiga urdi.



"Marsel" - "Anje" 1:2
Qahramon:
Mehmonlar vakili Tomas Mangani penaltidan gol urdi va ikkinchi golga hammualliflik qildi.



"Gengam" - "Monako" 3:3
Qahramon:
Nikolya Beneze "Monako"ga qarshi o'yinda ikkita gol urdi va bitta golli pas oshirdi.



"Borussiya D" - "Darmshtadt" 2:2
Qahramon:
Obameyang jamoasi mag'lub bo'layotgan vaqtda dublga erishdi. Biroq Dortmund baribir ikki ochko yo'qotdi.




"Jenoa" - "Milan" 1:0
Qahramon:
Belerim Jemaili o'yindagi yagona gol muallifi bo'ldi.




"Inter" - "Fiorentina" 1:4
Qahramon:
Mehmonlar hujumchisi Nikola Kalinich "San Siro"da xet-trikka erishdi.




"Deportivo" - "Espanol" 3:0
Qahramon:
Mezbonlar yarim himoyachisi Lukas Peres dublga erishdi.




"Xetafe" - "Levante" 3:0
Qahramon
: Alvaro Vaskes ikkita gol urdi va golli pas oshirdi.



"Beshiktosh" - "Fenerbaxche" 3:2
Qahramon
: Mario Gomes "Fenerbaxche"ga qarshi bahsda dubl rasmiylashtirdi.


Narzulla Saydullaev tayyorladi

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia