

"Simeonening "Atletiko" bilan qilgan ishi futbolga aloqador bo'lgan barchaning hurmatiga loyiq. El Cholo klubni o'zgartirdi. Ungacha bu bitta jamoa edi, hozir esa umuman boshqacha.
Hozirda "Atletiko" Ispaniya chempionati va Chempionlar Ligasidagi g'oliblik uchun kurashmoqda. Men unga ulkan hurmat bilan munosabatda bo'laman", - deydi braziliyalik.
Simeone 2011 yildan beri "Atletiko"ni boshqaradi, u jamoa bilan La Liga (ikki bor), Ispaniya Kubogi va Superkubogi, Yevropa Ligasi (ikki bor) va Yevropa Superkubogi (ikki bor)ni qo'lga kiritgan. Argentinalik shuningdek ikki bor Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan.



